Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
03 aprel 2021 10816 1 daqiqa
Ertaga, 4 aprel kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi ayrim yo‘llar yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yunusobod tumanidagi “Yunusobod” dehqon bozori qarshisida diametri 1400 mm bo‘lgan suv quvurida nosozlik yuzaga kelgan. Shu sababli 4 aprel kuni 10:00 dan 00:00 gacha avariya tiklash ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan mazkur hududda yo‘l transporti vositalari harakati cheklanadi.
Vaqtinchalik transport vositalari harakati yo‘nalishi quyidagi xaritada ko‘rsatilgan.

Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel