Toshkentdagi ayrim yo‘l qismlari harakatlanish uchun yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, yo‘l ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari tufayli 16 mart kuni soat 08:00 dan boshlab, bir oy davomida Yunusobod tumanidagi ayrim yo‘l qismlari harakatlanish uchun yopiladi:

  • Ahmad Donish ko‘chasining ikkilamchi yo‘li, Anorzor ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Amir Temur shoh ko‘chasi yaqinidagi qaytish yo‘li;
  • Ahmad Donish ko‘chasining ikkilamchi yo‘li, Amir Temur shoh ko‘chasidan Moyqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Haydovchilarga vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishi tavsiya etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing