Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgardi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2021
3493Bugun, 5 oktyabrdan boshlab Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlari harkatiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, “Toshkent-Chirchiq-Xojikent” yo‘nalishidagi tezyurar elektr poyezdlar harakatini tashkil etish maqsadida Parkent ko‘chasidan KHAY ko‘chasiga o‘tish qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi sabab, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklangan.
Shu munosabati bilan, bugun, 5 oktyabrdan boshlab 58, 88, 89, 95-sonli avtobus yo‘nalishlari quyidagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi:
• 58-sonli avtobus yo‘nalishi Mustaqillik shoh ko‘chasidan Oqqo‘rg‘on, Katta Darxon ko‘chalari orqali “Ekskavator zavodi” so‘nggi bekatigacha ikki taraflama;
• 88-sonli avtobus yo‘nalishi Parkent ko‘chasidan Mustaqillik shoh va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari orqali hamda keyingi harakatini o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda;
• 89 va 95-sonli avtobus yo‘nalishlari shahar tomon harakatlari Parkent ko‘chasidan Mustaqillik shoh va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari orqali Oqqo‘rg‘on hamda Katta Darxon ko‘chalari kesishgan joydan orqaga burilib olib, o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda (qaytishda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmagan holda) harakatlanadi.
LiveBarchasi