Toshkentdagi Avliyoota ko‘chasi 10 kunga yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Avliyoota ko‘chasi 10 kun muddatga yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirobod tumani iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, “Yuksak” va “Qo‘qon” podstansiyasi oralig‘idagi 110 kVli kabel tarmog‘ini yangilash ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, Mirobod tumanidagi Avliyoota ko‘chasi hamda ushbu ko‘chaning Nukus va KHAY ko‘chalari bilan kesishmalari bugun, 22 apreldan boshlab 10 kun muddatga yopildi.

“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 19 aprel kunidan boshlab 7 kun muddatga yopilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Avliyo ota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing