Toshkentdagi “avariya”da yo‘lovchi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
08 yanvar 5805 1 daqiqa
Bugun, 8 yanvar kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Onix avtomobili GAZ-63 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi va oqibatda bir fuqaro vafot etdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 05:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasining ikkinchi darajali yo‘lida 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi Onix rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan hamda yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan GAZ-63 rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
YTH ortidan Onix rusumli avtomashina yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida Nexia haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Lacetti avtomashinasi bilan to‘qnashib, so‘ng yo‘l chetidagi daraxtga urilgandi. YTH oqibatida Nexia haydovchisi vafot etgan.
Live
Barchasi