Toshkentdagi AOKA binosi ruxsatsiz tamirlanayotgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat muhofazasiga olingan Toshkent shahar Shayxontohur tumani Navoiy ko‘chasi 30-uyda joylashgan AOKA binosining fasadi, “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tarafida ta’mirlash ishlari Madaniy meros agentligining tegishli ruxsati olinmasdan turib amalga oshirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi izoh berdi.

Qayd etilishicha, Navoiy ko‘chasida joylashgan bu bino arxitektura yodgorligi sifatida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 aprel kuni 846-sonli qarori bilan davlat muhofazasiga olingan. Joriy yilning 8 avgust kuni 716-xatga asosan Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasiga Shayxontohur tumani Navoiy ko‘chasi 30-uyda joylashgan binoda ta’mirlash ishlarini olib borish yuzasidan murojaat qilingan.

Madaniy meros boshqarmasi murojaatni ko‘rib chiqib, 10 kun muddatda loyiha hujjatlarini tayyorlab, Ilmiy-ekspert kengashiga taqdim etishni so‘ragan. Hujjatlar bugungi kunda Ilmiy-ekspert kengashining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qilish uchun yuborilgan.

“2022 yil 8 avgust kuni 716-xatga asosan, kuz-qish mavsumi yaqinlashib kelayotgani va yog‘ingarchiliklarni hisobga olib, Madaniy meros agentligi tomonidan binoga shikast yetkazmasdan uning asl holati, tarixiyligini saqlab qolgan holda, o‘rnatilgan tartibda fasad qismida dastlabki kosmetik ta’mirlash ishlari amalga oshirilishiga ruxsat berilgan”, deyiladi xabarda.

Ushbu ob’ekt kosmetik ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi nazorati ostida olib borilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing