Toshkentdagi 24 ta mahallada chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

Jamiyat

image

Avvalroq “Toshkent shahrida maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingandi. Joriy yilda saralagan holda to‘plash Toshkent shahrining har bir tumanidagi ikkita – jami 24 ta mahallada joriy etiladi.   

Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu mahallalar aholisiga rangli paketlar beriladi. Sariq paketlar – qayta ishlanadigan chiqindilar (qog‘oz va plastik), yashil paketlar – organik chiqindilar (oziq-ovqat qoldiqlari, barglar, o‘tlar), kulrang paketlar esa qayta ishlanmaydigan chiqindilar (oyoq kiyimlari, salfetkalar, pamperslar) uchun mo‘ljallangan.

Chiqindilarni olib ketish uchun haftasiga ikki marotaba rangli yashil va kulrang-sariq stikerlarli mashinalar keladi (yozda ko‘proq keladi). Ushbu maqsadda “Maxsustrans” OTTB grant mablag‘lari hisobidan 59 ta yangi maxsus mashinalarini xarid qildi va ularga hozirgi kunda stikerlar yopishtirilmoqda. Saralagan holda chiqindilarni yig‘ishni rag‘batlantirish uchun oilalarga QMCHni olib chiqish uchun to‘lov tarifi pasaytiriladi.

Tajriba uchun tanlangan mahallalar aholisiga QMCHni saralash zaruriyati haqidagi axborotni yetkazish tadbirlari ko‘rib chiqilmoqda. Maktablar va mahalla qo‘mitalarida muvofiq mavzudagi ma’ruzalar, qiziqarli darslar, konsertlar va kichik hasharlar tashkil etilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing