O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 26 mart yuz bergan yer silkinishi O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila Toshkent vaqti bilan 09:44 (26.03.2020 da 04:44 Grinvich bo‘yicha) O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi. Koordinatalar 40,74 gradus shimoliy kenglik, 70,5 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik h=10 km. Toshkentgacha masofa 122,51 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Toshkent : 123 km, 4 ball.
Namangan : 103 km, 4 ball.
Andijon : 155 km, 3 ball.
Farg‘ona : 115 km, 4 ball.
Guliston : 147 km, 4 ball.
Jizzax : 235 km, 3 ball.
Samarqand : 324 km, 2 ball.
Buxoro : 526 km, 2 ball.
Termiz : 480 km, 2 ball.
Qarshi : 453 km, 2 ball.
Navoiy : 440 km, 2 ball.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

412

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing