Toshkentda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda onkologiya markazi quriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan mamlakatda onkologik kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan tibbiyot markazini qurish borasida hamkorlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaga tashrifi davomida Koreya Respublikasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Kvon Dok Chol bilan uchrashgan.

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasidan ma’lum qilishlaricha, tomonlar sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikning bugungi holati yuzasidan fikr almashib, bu boradagi aloqalarni yanada mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olgan.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi onkologik kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarni qurish bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasi va texnologiyalarini o‘rganish maqsadida ushbu mamlakatga keldi. Toshkent shahrida kasallik darajasi yuqori bo‘lgan saraton xastaliklarini davolash va faoliyat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan shifoxonani qurish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida ixtisoslashgan saraton shifoxonalarini boshqarish va qurish yuzasidan fikr almashilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing