Toshkentda yo‘lovchilarni so‘kkan avtobus haydovchisi ishdan haydaldi (video)
3-sahifa
−
25 dekabr 2022
21247Ijtimoiy tarmoqlarda elektrobusni boshqarib ketayotgan haydovchi yo‘lovchilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat "1-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi 81-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi B.S. tomonidan sodir etilgan.
Yo‘lovchilarga nisbatan muomala madaniyatiga rioya qilmagani va ichki tartib qoidalarini buzgani uchun haydovchiga nisbatan "1-Avtobus saroyi" filiali rahbariyati tomonidan qat’iy chora ko‘rilib, haydovchi B.S. ishdan bo‘shatilgan.
Shuningdek, barcha haydovchilar yo‘lovchilar bilan xushmuomala bo‘lishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirilgan.
“Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga murojaat qilishingizni hamda avtobus haydovchisi yoki chiptachisi amalga oshirayotgan qoidabuzarlikni suratga olib avtobus raqamini bizga yuborishingizni iltimos qilamiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi