Toshkentda yo‘lning o‘rtasida “drift” qilgan haydovchi jazolandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqda Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib “drift” qilgani aks etgan video tarqaldi va keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Ushbu holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida transport vositasi haydovchisining shaxsi aniqlanib, unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Boshqarma barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymaslikni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

614

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made