Toshkentda yo‘l o‘rtasida o‘q uzgan shaxs ishi sudda ko‘rildi
3-sahifa
−
24 yanvar 2022
7812Avvalroq Toshkentda fuqaro yo‘l o‘rtasida tanishining avtomobilini tepib, pnevmatik quroldan o‘q uzgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan materiallar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Gap shundaki, 20 yanvar kuni taxminan soat 11:35 larda 1990 yilda tug‘ilgan Z.S. (Spark rusumli davlat raqami 01 B 292 WA bo‘lgan avtomobil haydovchisi) Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza dahasi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yo‘lning qatnov qismida o‘zining tanishi 1985 yilda tug‘ilgan G.A.ni ko‘rib qolgan.
U bilan oldindan turmush o‘rtog‘ini rashk qilish oqibatida o‘zaro kelishmovchiligi bo‘lgani sababli G.A. bilan o‘zaro gap talashib, uning boshqaruvidagi VAZ-21099 rusumli 01 T 738 NA bo‘lgan avtomobilning g‘ildiragiga tepib, so‘ng yonida bo‘lgan pnevmatik quroldan avtomobilga bir marotaba o‘q uzgan.
Toshkent shahar IIBB ekspert-kriminalistika markazi xulosasiga ko‘ra, fuqaro Z.S. qo‘llagan to‘pponcha sport-pnevmatik qurol ekani aniqlangan. O‘zbekistonning “Qurol to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, mazkur qurolni faqat sport maydonchasida qo‘llash mumkin.
Sudda tomonlar o‘z fikrlarini bildirdi. Ular aybini tan olib, qilmishidan pushaymon ekanini va o‘zlariga nisbatan jarima jazosi tayinlanishini so‘radi.
Sud ikkala fuqaroni ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik)da nazarda tutilgan qonunbuzarlikni sodir etgani uchun 15 sutkaga ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
LiveBarchasi