Toshkentda yuk mashinaga ortilgan konteyner ag‘darilib, yo‘lni to‘sib qo‘ydi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tibbiyot akademiyasi yaqinidagi tunnelda yuk mashinasini konteyneri qulab tushib, yo‘lning katta qismini to‘sib qo‘ygani va katta tirbandlik yuzaga kelgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati izoh berdi. 

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 8 aprel kuni soat 16:30 larda Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida sodir bo‘lgan. 

Haydovchi 1955 yilda tug‘ilgan Yu.S. “MAZ-54323” rusumli yuk avtomobiliga ulangan yarim tirkamaga konteyner ortib harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda konteynerning tepa qismi ko‘chadan kesib o‘tgan ko‘prikka tegib qolgan va konteynerning bir tomoni yarim tirkama ustidan yerga tushib ketgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB va yo‘lga mas’ul idora xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

187

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing