Toshkentda YTHga uchragan Spark haydovchisi vafot etdi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Chilonzor tumanida yo‘l-transport hodisasiga uchragan Spark haydovchisi vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 24 may kuni taxminan soat 04:45 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida 1985 yilda tug‘ilgan F.Yu. Spark rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishni ajratib turuvchi to‘singa urilgan.

YTH oqibatida avtomobil haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq u shifokorlarning urinishlariga qaramsdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing