Toshkentda YTHga uchragan 25 yoshli haydovchi vafot etdi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yo‘l-transport hodisasiga uchragan 25 yoshli Lacetti haydovchisi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 29 aprel kuni soat 00:10 larda Toshkent shahri Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi J.R. Lacetti rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu ko‘chada joylashgan 107-uy ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga urilgan.

Oqibatda 25 yoshli J.R. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

524

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing