Toshkentda yigit o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
16 may
6786Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bir yigit ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda "Millar" informatsion dasturida xabar berildi.
Yigit ko‘prikka marker yordamida "Loser", ya’ni omadsiz deb yozgan. Mazkur voqeadan xabar topgan post-patrul xizmati xodimi darhol voqea joyiga yetib borgan va yigit bilan suhbatlashgan.
"Nima sababdan bu yerga chiqib olganini so‘ragan vaqtimda, fuqaro "jonimdan to‘ydim", deb aytdi. Fuqaroning qo‘liga qarasam qo‘lida ham "jonimdan to‘ydim", degan yozuv bor ekan", deydi xodim.
Shundan so‘ng, boshqa xodimlar ham ko‘prikka yetib borib, fuqaroni pastga olib tushgan. Yigit profilaktika inspektoriga topshirilgan.
Bildirilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi qarori bilan fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ayblanib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (1,02 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi