Toshkentda “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” yig‘ilishi o‘tkaziladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ertaga, 1 iyul kuni Toshkent shahrida “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda

Qayd etilishicha, yig‘ilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘oniston tashqi ishlar mahkamalari rahbarlarining o‘rinbosarlari hamda Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi o‘rinbosari ishtirok etishi kutilmoqda.

Xabarga ko‘ra, yig‘ilish qatnashchilari Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, tashqi siyosat sohasidagi umumiy tahdidlar va xavf-xatarlarni muhokama qiladi.

Avvalroq, Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili tayinlangandi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing