Toshkentda yosh yigit o‘ta og‘ir jinoyatda gumonlanib, qidiruvga berildi
3-sahifa
−
10 noyabr 2022 47152 1 daqiqa
Toshkent shahrida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs qidirilmoqda. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan 1991 yilda tug‘ilgan Azamat Abrol o‘g‘li Mahkamov qidirilmoqda.
Ichki ishlar bosh boshqarmasi agar kimdir Azamat Mahkamov haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsa yoki unga o‘xshash shaxsni ko‘rsa, 71-235-00-02, 97-440-22-04, 94-619-00-30 yoki 102 raqamlari orqali xabar berishni so‘ragan.
Ma’lumot bergan shaxsning maxfiyligi kafolatlanadi.
Live
Barchasi