Toshkentda yosh bola “udlinitel”ga osilib, o‘zini 5-qavatdan tashladi
3-sahifa
−
31 iyul 2023
14809Toshkent shahrida yosh bola “udlinitel”ga osilib, o‘zini 5-qavatdan tashladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtning Shayxontohur tumani Ibn Sino mavzesidagi ko‘p qavatli uylarning birida fuqaro 15 nafarga yaqin voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan. U bolalarni doimiy tarzda kaltaklagan.
Oqibatida 1 nafar bola elektr uzaytirgich simiga (udlinitel) osilib, 5-qavatdan o‘zini tashlagan. Bola jarohat olib, ko‘plab sinish va chiqishlar bilan shifoxonaga olib borilgan.
Surishtiruvlar davomida bolalarni kaltaklab kelgan shaxs – 1995 yil Qashqadaryoda tug‘ilgan, hech qanday diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqaro ekani aniqlangan.
U joriy yilning 1 iyulidan boshlab ijaradagi uyida har bir boladan 200 ming so‘m evaziga hujra tashkil qilib, 4 nafar bolaga diniy saboq berib kelgan. Shuningdek, uning 14 dona arab tilida yozilgan va nashriyoti noma’lum bo‘lgan diniy adabiyotlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Bolalarga yetkazilgan jarohatlar og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza belgilangan.
LiveBarchasi