Toshkentda 21 yoshli yollanma ishchi pichoqlab o‘ldirildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 27 sentyabr kuni Toshkent shahrida fuqaro akasining uyida o‘zi bilan birga ishlayotgan ustani pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Respublika Bosh prokurorining matbuot kotibi QALAMPIR.UZ so‘roviga ko‘ra, xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxtning Yangihayot tumanida 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro M.Z. (muqaddam sudlangan) akasining uyida o‘zi bilan birga ishlayotgan, 2000 yilda tug‘ilgan yollanma ishchi F.S. bilan janjallashib qolgan. Mast holatda bo‘lgan fuqaro M.Z. oshxona pichog‘i bilan fuqaro F.S. ning turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Xabarga ko‘ra, 27 sentyabrning o‘zidayoq Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro M.Z. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

628

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing