Toshkentda yashayotgan tojikistonlikning uyidan 15 kg narkotik topildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida yashovchi Tojikiston fuqarosi bo‘lgan shaxsning uyidan salkam 15 kg bo‘lgan “gashish” giyohvandlik moddasi topildi. Aniqlanishicha, u makzur moddani sotish maqsadida saqlab kelgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Bekobod shahar IIB Jinoyat-qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan “O‘zbekiston” mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, o‘zini shubhali tutgan 29 yoshli A.Sh. (Tojikiston fuqarosi)ning vaqtincha yashab kelgan xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. 

Natijada, xonadon yotoqxonasida vazni 14,9 kg bo‘lgan (ekspertiza xulosasi) gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shahboz Abdusattorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing