Toshkentda Yangi yil kechasida “drift” uyushtirganlar qamaldi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahri Chilonzor tumanida yo‘lning qatnov qismida “drift” uyushtirganlar 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Qahramon Xudoyberganov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

31 dekabrdan 1 yanvar kuniga o‘tar kechasi Chilonzor tumanida bir necha yigitlar ko‘chada o‘zi va boshqalarning hayotiga xavf solib “drift” uyushtirgan. 

Ular bilan suhbat olib borilganda yigitlarning haydovchilik guvohnomasi ham bo‘lmagani aniqlangan. 2 nafar yigitning ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi bilan chora ko‘rilgan. 

Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida 4 nafar yigit va boshqalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 va 194-moddalari bilan aybli deb topilgan. Ularga jarima va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent drift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing