Toshkentda yangi xalqaro universitet qurilishi boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 17 sentyabr kuni poytaxt Toshkentning Sergeli tumanida "Minerva World of Knowledge" xalqaro universiteti qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi. 

Ushbu marosimda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, "Minerva World of Knowledge" loyiha rahbari Murali Lal Jalan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov va boshqa mutasaddilar ishtirok etgan. 

Tadbirda xorijiy investorlar loyiha taqdimotini ham o‘tkazdilar. Ma’lum qilinishicha, bu yerda 10 000 dan ziyod talabaga mo‘ljallangan, xorijning nufuzli  oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlovchi universitet quriladi. 

Asosiy bino 2021 yilning sentyabrida qurib bitkaziladi va keyin 5 yil davomida boshqa kampuslari, sport majmuasi, kutubxonasi va talabalar turar joylari bunyod etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Minerva World of Knowledge

Baholaganlar

201

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar