Toshkentda yangi qo‘shma korxona tashkil etildi
Jamiyat
−
18 aprel 2019
5754Toshkentda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yangi qo‘shma korxona tashkil etildi.
O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonalar soni oshib bormoqda. Ushbu yangi qo‘shma korxona xorijiy sarmoya ishtirokida Toshkent shahrida tashkil etildi.
Belarus davlatining “Belaseptika” yopiq aksiyadorlik jamiyati va mamlakatimizning “Tashkent Pharm Glass” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasidagi kelishuvga binoan tashkil etilgan “Belaseptika” qo‘shma korxonasi Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani kichik sanoat zonasida joylashgan. Avgust oyidan korxona Yevropa standartlari talabiga javob beradigan texnologiyalar va uskunalar yordamida zamonaviy dezinfeksiya va antiseptik vositalarini ishlab chiqarishni boshlaydi.
“Belaseptika”da 20 ta ish o‘rni yaratilgan. Keyingi bosqichlarda ish o‘rinlari soni 150 ta yetkaziladi.
LiveBarchasi