Toshkentda yana aholi orasida koronavirus yuqtirgan bemor aniqlandi

Jamiyat

image

2020 yil 4 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 nafarga ko‘payib, 3874 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi (barchasi Qozog‘istondan chegara post orqali kelishgan) fuqarolar orasida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida, 1 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda, qolgan 8 nafari esa Toshkent shahrida (shundan 3 nafar aholi orasida, yana 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 2 nafari xorijdan kelgan va karantinga olingan) aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 3014 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatda 844 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

365

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing