Hojatxonada tug‘ib, farzandini hojatxonaga tashlab ketgan ayol qo‘lga olindi
Jamiyat
−
08 iyul 2019
13959Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida yangi tug‘ilgan chaqaloqning hojatxonaga tashlab ketilgani borasidagi xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati OAVga quyidagicha ma’lumot tarqatdi:
Joriy yilning 2 iyul kuni soat 15:00 larda 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro F.T. Denov tumani, Lolazor mahallasidagi “Xabibobod” bozori hududida joylashgan ayollar hojatxonasida qiz bola chaqaloqni tug‘ib, hojatxona ichiga tashlab ketgan. Undan keyin hojatxonaga kirgan ayol chaqaloq yig‘isini eshitib, odamlarni yordamga chaqirgan. Natijada chaqaloq qutqarib qolinib, kasalxonaga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro F.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 99-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi