Toshkentda Vengriya universiteti ochiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2021 yilda Toshkentda Vengriyaning Debretsen universiteti ish boshlaydi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ishtirokidadagi muzokaralarda kelishib olindi.

Bundan tashqari, 2021-2022 o‘quv yilida o‘zbekistonlik talabalar uchun Vengriyadagi oliy o‘quv yurtlarida 100 dan ortiq grant ajratilgani qayd etildi.

Vengriya qishloq xo‘jaligi, mevalarni saqlash va qayta ishlash, baliqchilik hamda urug‘chilik sohalarida tajriba va texnologiyalar bilan almashishga tayyorligini bildirdi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni modernizatsiya qilish, jumladan, qishloq xo‘jaligini sanoatlashtirish, eksport salohiyatini oshirish borasida Vengriya tajribasini tatbiq etish mo‘ljallanmoqda. Shu maqsadda Vengriyadan yuqori malakali ekspertlar guruhi O‘zbekistonga keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Debretsen universiteti

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar