Toshkentda vazirlar va elchilar yoshlar bilan ochiq muloqot qiladi

Biznes

image

Tashkilotchi – poytaxt hokimligi bo‘lgan Toshkent yoshlar forumi 2021 joriy yilning 20-21 dekabr kunlari Tashkent city’dagi Congress Hall binosida bo‘lib o‘tadi.

Forum Abduqodir Toshqulov, Sherzod Shermatov, Ozodbek Nazarbekov va boshqa vazirliklar rahbarlari bilan ochiq muloqot bilan boshlanib  Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSH kabi davlatlar elchilarining chiqishlari, yozuvchilar va san’atkorlar ishtirokida master-klaslar, “Abdulla Qodiriy” hujjatli-badiiy fidmi namoyishi bilan davom etadi.

Tadbirning so‘nggi kunida yoshlarni blogerlar va inflyuyenserlar bilan intervyular, IIBB va Milliy gvardiya xodimlari bilan ochiq muloqot, gender tenglik bilan bog‘liq masalalar muhokamasi va boshqa ko‘plab qiziqarli voqealar kutmoqda. Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Yoshlar ishlari agentligi raisi Alisher Sa’dullayev, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev, Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev, Bandlik va mehnat munosabatlari raisi Nozim Husanov bilan suhbatda yigit-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari mumkin.

Ishtirokchilarga IT-texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, moliyaviy savodxonlikni oshirish, biznes va boshqa yo‘nalishlarda o‘z takliflarini berib, taqdimotlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Forum Hukumat vakillari va yoshlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tovchi muvaffaqiyatli loyiha bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbirda qatnashish, vazirlarga savollar va takliflar berish uchun quyidagi Telegram-bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi:


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing