Toshkentda o‘zini osgan 12 yashar qiz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida voyaga yetmagan 12 yashar qiz o‘z yashash xonadonida o‘zini osgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat bo‘yicha tuman hokimligi qo‘shimcha ma’lumot berdi. 

Unda qayd etilishicha, joriy yilning 28 noyabr kuni taxminan soat 18:00 atrofida 241-maktab 7-A sinf o‘quvchisi 2010 yilda tug‘ilgan Mirzo Ulug‘bek tumani Oltintepa ko‘chasi 203-uyda yashovchi  voyaga yetmagan Z.A. o‘zining yashash hovlisidagi daraxtga o‘zini osgan va vafot etgan.

O‘quvchi noto‘liq oilada tarbiya oladi. Otasi A.D. 2 yil oldin kasallik bilan vafot etgan. Onasi L.D. ishlash uchun Turkiya davlatiga ketgan. Voyaga yetmagan Z.A. ko‘rsatilgan manzilda 2 nafar akasi (biri oilali va ikkinchisi voyaga yetmagan) bilan birga yashagan.

O‘quvchi 24, 26, 28 noyabr kunlari  dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan, sababi o‘rganilganda o‘quvchining shamollagani aniqlangan. O‘quvchi qiz qo‘shnilar tomonidan yaxshi tavsiflanadi. Sinf rahbari va onasi o‘rtasida doimiy uyali aloqa orqali muloqot qilib turilgan. O‘quvchilar bilan uning o‘rtasida hech qanday noxush holat kuzatilmagan.

Ma’lumot uchun, sud-tibbiy ekspertizasi Yunusobod filialining 29 noyabrdagi dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumaning o‘limi “bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan tiqilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya”dan yuz berganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3768

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing