Toshkentda o‘tkazilgan qo‘l jangi bo‘yicha Jahon Chempionatida O‘zbekiston 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkent shahri qo‘l jangi sport turi bo‘yicha ilk bor kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Bugun, 6 iyun kuni musobaqa final bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zbekiston Olimpiya Qo‘mitasi rasmiy sayti xabar berdi.

Bellashuvlar davomida ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi finalda g‘alaba qozonib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek O‘zbekiston terma jamoasi vakillari yana to‘rtta kumush va ikkita bronza medallariga ham sazovor bo‘lishdi.

Bugun medal qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilar:

Oltin medal
- Olimjon Normurodov (70 kg);
- Maftuna Quvondiqova (55 kg);

Kumush medal
- Maftuna Nazikulova (45 kg);
- Javohir Sobitov (55 kg);
- Sabina Rajabova (55 kg);
- Jahongir Jumayev (75 kg);

Bronza medal
- Shirinoy Zohidova (45 kg);
- Bekzod Atajonov (55 kg).

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing