Toshkentda o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan shaxs qidirilmoqda

3-sahifa

image

Toshkent shahrida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan 65 yoshli shaxs qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

E’longa ko‘ra, 1956 yilda tug‘ilgan Korjukar Vasiliy Georgiyevich o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda. U doimiy yashash joyiga ega emas. Belgilari: bo‘yi 160 sm, o‘rtacha gavdali.

“Hurmatli fuqarolar, agar siz Korjukar Vasiliy Georgiyevich qayerdaligi haqida biror bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga yoki 71-265-04-39, 71-230-08-13, 98-800-38-39, 102 raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz. Mahfiylik kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

630

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing