Toshkentda o‘q ovozi eshitildi. Nima bo‘lgani haqida rasmiy bayonot berildi

3-sahifa

image

Kecha, 7 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda Ichki ishlar organlari xodimlari Malibu’ni o‘q-otar qurol bilan to‘xtatgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, 7 yanvar kuni soat 15.00 atrofida Toshkent shahrining Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasida yuz bergan. 1976 yilda tug‘ilgan, kuchli darajadagi mast holatda bo‘lgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi Malibu Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, o‘zgalarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solgan holda qochishga uringan.

Haydovchining noqonuniy harakatlari oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarni oldini olish maqsadida, YHX xodimlari belgilangan tartibda o‘q-otar qurolini qo‘llagan.

“Oqibatda avtotransport vositasi majburiy to‘xtatilib, haydovchi zararsizlantirilgan. Qurol qo‘llanilishi natijasida hech kim jarohatlanmagan”, deyiladi xabarda.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4031

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing