Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 18 sentyabr kuni Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat soat 00:30 atrofida Chilonzor tumani Kichik halqa va Qatortol ko‘chalari kesishgan joyda sodir bo‘lgan. 1993 yilda tug‘ilgan K.D. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasi, 2003 yilda tug‘ilgan Y.A. boshqaruvidagi Malibu-1 rusumli avtomashinasi va 1995 yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinalar to‘qnashgan.

YTH oqibatida Sobalt haydovchisi tan jarohat olgan.

“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida haydovchi 1991 yilda tug‘ilgan D.A. Cobalt avtomashinasini boshqarib kelayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib, aylanib ketgandi.

Madina Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing