Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH yuz berdi
3-sahifa
−
02 noyabr 2022 9149 1 daqiqa
Toshkentning Shayxontohur tumanida to‘rtta avtomashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
1 noyabr kuni soat 17:15 larda tumanning Bunyodkor shoh ko‘chasida 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro V.K. o‘zining Lasetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib yo‘l chetida to‘xtab turgan Spark avtomobiliga borib urilgan. Natijada avtomashina o‘zidan oldinda to‘xtab turgan Cobalt rusumli avtomobilni, Cobalt esa zarb natijasida o‘zidan oldinda turgan Lasetti rusumli mashinani urib yuborgan.
Oqibatda birinchi Lasetti haydovchisi B.K. tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 9 yoshli bola “Moskvich” urishi oqibatida vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Shahboz Abdusattorov
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28