Toshkentda kvartiralarni “arenda”ga olishning eng arzon narxi belgilandi

Jamiyat

image

Toshkentda turar joy binolari uchun ijaraning eng kam stavkasi 1 kvadrat metr uchun oyiga 15,5 ming so‘m etib belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunda keltirilgan.

Qonunda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari, tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari hamda chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgani va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari belgilangan.

Qonunga muvofiq, Toshkentda 2022 yilda turar joy binolari uchun ijaraning eng kam stavkasi 1 kvadrat metr uchun oyiga 15,5 ming so‘m etib belgilangan. Viloyat markazlari va Nukus shahrida ushbu narx 9,5 ming so‘m, boshqa aholi punktlarida esa 4 ming so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, yengil avtomobil transportini (yo‘lovchilarni, yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan hamda 8 tadan ko‘p o‘rindiq bo‘lmagan) ijaraga berishning minimal stavkasi 650 ming so‘m, mikroavtobuslar va yuk avtomobillari uchun 1 mln 250 ming so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

710

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing