Toshkentda to‘qnashgan 3 ta avtomobil haydovchilari mushtlashib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Matiz, “VAZ 2107” va Spark avtomobillari to‘qnashuvi va haydovchilar orasidagi mushtlashuv videosi tarqalmoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur fakt bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni soat 11:50 da Bektemir tumani Oltintopgan ko‘chasida Matiz rusumli avtomobil haydovchisi Bunyodbek R., Bahrom K. boshqaruvidagi “VAZ 2107” rusumli avtomobili uchun avariyaviy holat yuzaga keltirgan. 

Natijada yuqoridagi avtomobillar va Sardor X. boshqaruvidagi Spark avtomobili to‘qnashuvi yuz bergan. Matiz va Spark avtomobillari haydovchilari “VAZ 2107” avtomobili to‘xtagach uning haydovchisiga tan jarohatlari yetkazishgan.

Kelishmovchilikka 1990 yilda tug‘ilgan Bahrom K. va 1985 yilda tug‘ilgan Bunyodbek R. orasidagi qarz munosabatlari sabab bo‘lgan.

Holat tafsilotlari Bektemir tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda. Tergov oldi tekshiruvi natijasiga ko‘ra qonuniy chora ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

518

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing