Toshkentda tormozi nosoz Isuzu 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
3-sahifa
−
13 dekabr 2022 6220 1 daqiqa
Tormoz tizimidagi nosozlik sabab Isuzu yuk avtomobili 5 ta transport vositasiga to‘qnashdi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati boshqarmasi xabar berdi.

Gap shundaki, kecha, 12 dekabr kuni soat 15:10 larda Toshkent viloyati, Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 "M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh" avtomobil yo‘lining 184-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Haydovchi 1980 yilda tug‘ilgan R.I. Isuzu rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda transport vositasining tormozi ishlamay qolgan va o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan 3 ta Nexia va 2 ta Cobalt rusumli avtomobillarga to‘qnashgan.

Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi