Toshkentda tibbiy niqob taqmagan 1000 ga yaqin shaxs jazolandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

So‘nggi kunlarda epidemiologik vaziyat murakkablashib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni ko‘paymoqda. Buning oqibatida hattoki, Toshkent shahridagi koronavirus infeksiyasiga chalinganlarni davolashga mo‘ljallangan tibbiyot markazlari qayta ochilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar IIBB xodimlari poytaxt aholisi tomonidan karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilmoqda. Birgina kecha, 3 iyul kuni karantin qoidalariga rioya etmagan va tibbiy niqob taqmagan 964 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 4885 nafar fuqaro esa ogohlantirilgan.

“Fuqarolarimiz befarqlikka berilib, tibbiy niqoblarni taqmasligi, karantin qoidalariga rioya etmasligi oqibatida kasallanganlar soni ortmoqda.  O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasiga asosan, vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”, deyiladi xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yilning 28 iyunidan karantin cheklovlari kuchaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing