Toshkentda “tez yordam” Spark bilan to‘qnashdi
Jamiyat
−
22 avgust 2020
6244Toshkent shahrida tez tibbiy yordam avtomashinasi va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada tez tibbiy yordam haydovchisi va hamshirasi tan jarohati oldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Voqea joriy yil 21 avgust kuni soat 16:30 da Shayxontohur tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lidagi Gulzor chorrahasida sodir yetilgan. Tez tibbiy yordam avtomobili haydovchisi 53 yoshli G.B. svetoforning taqiqlovchi belgisi ostida harakatlangan.
Natijada, 40 yoshli N.N. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobilga to‘qnashgan. YTH natijasida tez tibbiy yordam mashinasi ag‘darilgan va avtomashina ichida bo‘lgan haydovchi va 29 yoshli hamshira X.A. jarohatlanib, shifoxonaga olib borilgan.
Spark avtomobili haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, tez tibbiy yordam mashinasining maxsus tovush va yorug‘lik signallari yoqilmagan bo‘lgan. Hozirda tergov va tekshiruv ishlar davom etmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi