Toshkentda tez yordam mashinasi velosiped haydovchisini urib yubordi (video)
3-sahifa
−
29 avgust 2022
11510Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu YTH yuzasidan bugun, 29 avgust kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 28 avgust kuni taxminan soat 16:40 larda Chilonzor tumani Kichik xalqa aylanma yo‘li va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasida 1984 yilda tug‘ilgan O.Z. tez yordam avtomobilini boshqarib ketayotganda velosiped haydovchisi – 1948 yilda tug‘ilgan G‘.T.ni urib yuborgan. Oqibatda, velosiped haydovchisi G‘.T. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi