Toshkentda “Tez yordam” xodimlarini kaltaklagan yigit 2 yilga “kesildi”
3-sahifa
−
20 dekabr 2022
4314Avvalroq Toshkent shahrida fuqaro tez yordam xodimlarini kaltaklab, mashinasiga zarar yetkazgani haqida xabar berilgan edi. U ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Joriy yilning 16 oktyabr kuni Mirobod tumanida soat 19:00 lar atrofida 30 yoshli noma’lum erkak kishida “Qon ketishi (xushsiz)” sababi bilan yo‘lovchi fuqaro tomonidan tez tibbiy yordam xizmatiga chaqiruv kelib tushgan.
“Tez yordam” xodimlari manzilga kelganida, 22 yoshli fuqaro M.A. ko‘chada yon-atrofdagi kishilarga tajovuz qilayotgani ma’lum bo‘lgan. “103” ko‘chma brigadasi unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmoqchi bo‘lganda, fuqaro shifokorlarga kuch ishlatgan. Shiningdek, “Tez yordam” avtomashinasiga jiddiy zarar yetkazgan.
Qayd etilishicha, sudlanuvchi tomonidan tez tibbiy yordam avtomashinasiga jami 4 mln 392 ming 740 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
“Juda ko‘p ichib yuborganligim uchun bo‘lgan holatni aniq eslolmayman. Hozirda qilgan ishimdan pushaymonman”, deydi ayblanuvchi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
LiveBarchasi