Toshkentda texnopark ichidagi sex yonib ketdi
3-sahifa
−
01 Sentabr 2022
7839Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi texnopark hududida joylashgan ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 1 sentyabr kuni soat 16:26 da Qushbegi dahasida joylashgan Yakkasaroy texnoparki hududidagi ishlab chiqarish sexining tom va ichki qismida taxminan 1000 kvadrat metr maydonida yong‘in sodir bo‘lgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 16:31da hodisa joyiga yetib borgan hamda yong‘inni soat 17:29 da qurshab olib, soat 18:07 da bartaraf etgan.
Voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasi FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB va tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari yetib borgan.
Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 2 ta maxsus suv tashishga mo‘ljallangan (vodovoz) avtomobil, 1 ta qutqaruv otryadi ekipaji jalb etilgan.
Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olishi va halok bo‘lishi holatlari to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
LiveBarchasi