Toshkentda talabalar 60 ming dollarlik “zapchast”larni o‘g‘irlab ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahri Yunusobod tumanida 18 va 19 yoshli talabalar umumiy qiymati 60 ming dollar bo‘lgan avtomobil ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15 may kuni X.D.ning “102” qisqa raqamiga bergan xabariga ko‘ra, 2020 yilning taxminan may oyidan 2021 yilning 15 may kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar Yunusobod tumani Yangiariq mahallasida joylashgan xonadoni qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda uyga kirgan.

Noma’lum shaxslar umumiy narxi 60 ming AQSH dollari bo‘lgan, Koreya davlatida ishlab chiqarilgan Chevrolet rusumli avtomobillarning turli xildagi ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketgan.

Tezkor qidiruv harakatlari jarayonida ushbu jinoyatni Yunusobod tumanida yashovchi talabalar — 19 yoshli A.Z. va 18 yoshli X.A. sodir etganligi aniqlanib, ulardan bir nechta turdagi avtomobil ehtiyot qismlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagiTergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Z. va X.A. protsessual tartibda ushlangan.

Qayd etilishicha, tergov harakatlari davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, huquqiy baho beriladi.

Hozirda tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

273

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing