Toshkentda taqiqdagi 2 gektar yerni $800 000 ga pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida taqiqda bo‘lgan issiqxona uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonini 800 000 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 30 mart kuni fuqaro E.N. “O‘rol” ismli shaxs unga Bektemir tumanida joylashgan taqiqda bo‘lgan issiqxona uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonini har bir sotixini 4 000 AQSH dollaridan jami 800 000 AQSH dollariga sotishini aytgani haqida prokuraturaga murojaat qilgan. 

Unga ko‘ra, “O‘rol” yer maydoniga qo‘yilgan taqiqni tegishli organlar orqali yechib, kelgusida qurilish ishlari uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishga va’da bergan va oldindan 80 000 AQSH dollari berishini talab qilgan.

Mazkur murojaatga asosan Bosh prokuratura, IIV, DXX hamda IJQK departamenti xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yunusobod tumanidagi Kardiologiya markazi oldida “O‘rol” arizachi E.N.dan 80 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing