Toshkentda o‘tadigan Xalqaro konferensiya ishtirokchilari nomi aniq bo‘ldi
Jamiyat
−
16 fevral 2019 2669 1 daqiqa
Avvalroq, joriy yilning 19-20 fevral kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.
Tashqi ishlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilning15 fevral holatiga ko‘ra 130 ga yaqin xorijiy ekspertlar ushbu konferensiyada ishtirok etishlarini tasdiqlaganlar. Ular 36 ta mamlakat, 9 ta xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, 71 ta tahliliy tuzilmalar, 18 ta davlat tashkilotlari va parlamentlar vakillari hisoblanadi.
Konferensiyaning hamtashkilotchisi, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Natalya German tadbirda nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Forumda, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian, Jahon savdo tashkiloti bosh direktorining o‘rinbosari Alan Vulf, AQSH tashqi siyosat kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr, Xitoy hozirgi xalqaro aloqalar akademiyasi prezidenti Szi Chjiye, Afg‘oniston savdo va sanoat vaziri o‘rinbosari Kamil Siddiqiy va mintaqa muammosiga ixtisoslashgan boshqa nufuzli ekspertlar va tahlilchilar ishtirok etadilar.
Konferensiya plenar va seksion majlislar shaklida o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Seksion majlislarda ekspertlar tomonidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, suv va ekologiya, energetika, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Live
Barchasi