Toshkentda tadbirkorlarning 951 mln so‘m pulini “uxlatgan” bosh hisobchi ushlandi
3-sahifa
−
20 Sentabr
3769Toshkent shahar Mirobod tumanida tadbirkorlarning 951 mln so‘m pullarini qo‘lga kiritgan sobiq bosh hisobchi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.F.”, "V.I." va "V.V." MCHJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlagan X.G. ushbu korxonalarning rahbarlari A.I. va I.D.ning xabardorligisiz jami 951 mln so‘m pullarini o‘ziga tegishli bank plastik kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yashnobod tumanida korxona bosh hisobchisi rahbarining 3,9 milliard so‘mini o‘zlashtirib olgani aniqlangan edi.
LiveBarchasi