Toshkentda tadbirkor 8 kishining nomiga olingan kreditni o‘zlashtirdi
Jamiyat
−
29 avgust 2022
5792Toshkent shahri va Namangan viloyatlarida ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda bugun, 29 avgust kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqitisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Departamentning Mirobod tuman bo‘limi Toshkent shahrida “G.G.” MCHJ rahbari G‘.L. 8 nafar fuqaroni o‘zi rahbarlik qilayotgan korxonaga ishga qabul qilishga ishontirib, pul mablag‘larini o‘zlashtirganini aniqlagan. Unga ko‘ra, G‘.L. ularning nomiga hududiy tijorat banki filialidan jami 176 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan.
Shuningdek, Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmasi fuqaro C.X. boshqa bir fuqaro Z.ni tanishlari yordamida 4 200 AQSH dollari evaziga Polsha davlatiga ishga yuborishga kelishib, shundan 300 AQSH dollari va 2,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlagan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi