Toshkentda suvdan o‘g‘rincha foydalangan firma rahbari qamaldi
3-sahifa
−
26 avgust 2024 6098 1 daqiqa
Toshkent viloyatida ichimlik suviga noqonuniy ulangan firma rahbari 5 yilga qamaldi. Bu haqda “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, “HTB-AS Invest” korxonasi ichimlik suvi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan va davlatga qariyb 295 mln so‘m zarar yetkazgan.

Korxona rahbari A.X. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandida (Ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Sud hukmi bilan u 5 yil 1 oy muddat ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, unga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari (45 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llangan.
Live
BarchasiToshkentda bank xodimi va MCHJ mas’ul shaxslari 120 ming dollar kreditni qimorga tikib yubordi
16:26
Yaqinda Markaziy Osiyoga tahdid qilgan Solovyov kosmosda yadro bombasini portlatishni taklif qildi
15:25