Toshkentda sudya yordamchisi mashinada urib yuborgan 41 yoshli erkak vafot etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahar ma’muriy sudining sudya katta yordamchisi Nexia-3 rusumli avtomobilida 41 yoshli erkakni urib yubordi. Oqibatda piyoda vafot etdi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahar ma’muriy sudining sudya katta yordamchisi D. Ya. kecha, 30 avgust 01:30 larda o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomobilini Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, piyoda 41 yoshli erkak bo‘lgan. 

U yo‘l-transport hodisasi oqibatida olgan tan jarohatlari sabab piyoda voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.       

Hozirda Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing