Toshkentda Spark yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
05 avgust 4711 1 daqiqa
Toshkent shahrining Mirobod tumanida Spark rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 5 avgust kuni soat 12:52 da tumanning Nukus ko‘chasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 12:59 da yetib borib, yong‘in soat 13:06 da o‘chirilgan. Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Samarqand shahrida Tracker-2 rusumli avtomobil yonib ketgandi.
Live
Barchasi